23/05/2023

      Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5487,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,4 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 97,2 % ni tashkil etdi.