2023- yil yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 1 820,8 mlrd. so‘m hajm o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,2 % ni tashkil etdi.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 179,1 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar ulushining 9,8 % ni, ishlab chiqarish sanoatida – 889,9 mlrd. so‘m (48,9 %), qurilish – 14,5 mlrd. so‘m (0,8 %), ulgurji va chakana savdo 43,3 mlrd. so‘m (2,4 %), turar joy binolari qurilishiga - 122,3 mlrd. so‘m (6,7 %) va boshqa faoliyat turlariga 571,7 mlrd. so‘m (31,4 %) ini tashkil etdi.