Davra suhbatida boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari D.Mulladjanov so’zga chiqib, o’z so’zida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirib yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar belgilab berdi.
Shu bilan birga Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha belgilangan vazifalar to’g’risida fikrlar bildirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulьt tomonidan 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-sonli “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi farmon mazmuni mohiyati to’g’risida tushunchalar berildi, farmonning quydagi moddalariga alohida to’xtalib o’tildi.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o’sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish, shuningdek 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Xalq bilan ochiq muloqot natijalari asosida tayyorlangan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o’rinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash choralarini davom ettirish maqsadida quyidagilarning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilsin:
turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yuritayotgan sub’yektlarning yer va mol-mulk solig’i bo’yicha 2021 yil 1 yanvar holatiga qarzdorligi to’lanishi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969 son Farmonida nazarda tutilgan vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning mol-mulk solig’i va yer solig’i bo’yicha 2020 yil 31 dekabrь holatiga ko’ra mavjud qarziga penya hisoblanishini to’xtatish va soliq qarzini majburiy undirishga qaratish choralarini ko’rmaslik talabi;
koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yil 31 dekabr holatiga qoldiqda turgan mol-mulk solig’i va yer solig’i bo’yicha berilgan foizsiz kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash) summasi;
«xufiyona iqtisodiyot» ulushini qisqartirish uchun soliq auditi o’tkazishda «tahlika-tahlil» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilgan holda soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarida soliq auditi o’tkazilishiga moratoriy.
Yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlash maqsadida 2021/2022 o’quv yilidan boshlab:
a) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to’plagan 200 nafar yoshlar uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy etilsin.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti grantini ajratish tartibini ishlab chiqsin va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ball to’plagan shaxslar to’g’risidagi ochiq ma’lumotlarni nazarda tutuvchi yagona elektron reyestrni shakllantirsin;
b) oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o’qiyotgan oilalarga ta’lim krediti berish va talaba tomonidan ushbu kreditni o’qish davri tugagandan so’ng qaytarish amaliyoti yo’lga qo’yilsin.
Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur amaliyotni yo’lga qo’yish hamda Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan tijorat banklariga kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratishni ta’minlash choralarini ko’rsin;
v) oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo’lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshirilsin, shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 o’quv yili uchun o’qishga qabul qilishga davlat buyurtmasi parametrlarining tubdan qayta ko’rib chiqilishini ta’minlasin;
Xodimlar tomonidan qaror bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o’rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo’yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.