23/05/2025

     Sovungarlik MFY fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da haftaning muhim yangiliklari hamda Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.04.2025 yildagi
PQ-147-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari ishini yangicha tizim asosida tashkil etish yuzasidan belgilangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilingan.

     Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi
50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlaridagi (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilansin: korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish; Qaror mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.