2025- yilning 14- fevral kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasida oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoirning hayoti, ijodi va sarkardalik faoliyati haqida so‘z bordi. Bobur g‘azallaridan na'munalar keltirildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-yil 14-fevral, 1530-yil 26-dekabrgacha umr koʻrgan) — Bobur nafaqat buyuk sarkarda, shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Zahriddin Muhammad Bobur adabiyotshunos, tarixshunos olim va shoir sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida muunosib o‘rin egallagan.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludining 542 yilligi
14/02/2025