29/01/2025

      Joriy yilning 29-yanvar kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Mamayusupova va bosh yuriskonsult G‘.Qo‘shoqov tomonidan Jizzax shahar 1-sonli Politexnikum talabalari ishtirokida Aholini roʻyxatga olishning maqsad va ahamiyati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

      Muloqot davomida roʻyxatga olish jarayoni jamiyatning rivojlanishida qanday oʻrin tutishi, har bir insonning roʻyxatga olishdagi ishtiroki qanchalik muhim ekanligi va ushbu jarayonda barcha faol ishtirok etish kerakli ta’kidladi.

      Suhbat qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.