Hurmatli tadbirkor!
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, davlat statistika organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda avtomatlashtiradigan
eStat 4.0(hisobot.stat.uz) dasturi hamda elektron raqamli imzodan foydalangan holda Internet orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.
Hurmatli tadbirkor, Sizning korxonangiz kichik tadbirkorlik sub’yektlari toifasiga taalluqli bo‘lganligi sababli, 2024- yil yakuni bo‘yicha 1-KB (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotini 2025- yilning 10- martidan hamda Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar 2025- yilning 1- aprelidan kechiktirmay taqdim etilishingiz zarur.
Iltimos, o‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang !!!
Shu munosabat bilan, davlat statistikasi monitoringini yuritish uchun zarur boʻlgan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik, hisobot maʼlumotlarini yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish orqali davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslar tomonidan qayd etilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi
Eslatma: Elektron imzo kalitingizni muddati o'tmaganligini tekshirishni unutmang !!!
14/01/2025