2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Jizzax shahrining chakana savdo aylanmasi hajmi 2 103,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,7 % ni tashkil etdi.
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 10 657,5 ming so‘m, uyushmagan savdo aylanmasi – 441,3 mlrd so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalarida – 127,1 mlrd so‘m, avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 7 831,6 mlrd so‘m, ulgurji savdo tovar aylanmasida – 2 353,8 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.
10/01/2025