01/11/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazifalar belgilab qo‘yildi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qaror 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.