04/11/2024

     «Aholini   ro‘yxatga   olish to‘g‘risida”gi    O‘zbekiston    Respublikasi Qonunining 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Statistika  agentligi  O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika   komissiyasining   ishchi   organi   sifatida   aholini   ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

     Maxsus vakolatli davlat organi quyidagilarni amalga oshiradi:

ro‘yxatga  olish  hujjatlari  shakllarini,  ro‘yxatga  oluvchi  xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

     Aholini  ro‘yxatga  olish  dasturini  va  ro‘yxatga  olish  varag‘ining shakllarini ishlab chiqadi;

ro‘yxatga      olish      varaqlari      tayyorlanishini      va      hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

aholini   ro‘yxatga   olishni   o‘tkazish   to‘g‘risida   aholini   xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

ro‘yxatga  oluvchi  xodimlarni  tanlab  olish  va  o‘qitish  tartibini, shuningdek    shaxsga    doir    ma’lumotlarga    ishlov    berish    tartibini belgilaydi va ularga ishlov berishni amalga oshiradi;

ro‘yxatga  olish  varaqlari  va  boshqa  ro‘yxatga  olish  hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi;

ro‘yxatga    olish    varaqlari    va    boshqa    aholini    ro‘yxatga    olish hujjatlarini saqlash va yo‘q qilishni ta’minlaydi.

                                                                                                                                                             Arnasoy tuman statistika bo‘limi