2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 233 trln so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
Ulardan 20 trln so‘m O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 100,9 trln so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, 112,1 trln so‘m boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarni tashkil etgan.