2024- yilning 1- oktabr holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 901 ta bo‘lib, 4 244 tasi qo‘shma va 10 657 tasi xorijiy korxonalardir.
Ulardan MDH davlatlari kapitali ishtirokidagi korxonalar soni quyidagicha:
Rossiya: qo‘shma korxona – 947 ta, xorijiy korxona – 2079 ta;
Qozog‘iston: qo‘shma korxona – 292 ta, xorijiy korxona – 794 ta;
Tojikiston: qo‘shma korxona – 89 ta, xorijiy korxona – 226 ta;
Qirg‘iziston: qo‘shma korxona – 83 ta, xorijiy korxona – 211 ta;
Ozarbayjon: qo‘shma korxona – 57 ta, xorijiy korxona – 193 ta;
Belarus: qo‘shma korxona – 66 ta, xorijiy korxona – 166;
Armaniston: qo‘shma korxona – 15 ta, xorijiy korxona – 34 ta;
Moldova: qo‘shma korxona – 8 ta, xorijiy korxona – 18 ta.