25/10/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari ” bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining normalari, xalqaro majburiyatlar va o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha tavsiyalar asosida saylov qonunchiligiga bir qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani bejiz emas. Chunki yangilangan saylov qonunchiligi saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada mukammallashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

      Bo‘lajak parlament saylovining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o‘tish mumkin. Birinchi xususiyati: Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov O‘zbekiston tarixida ilk bor aralash asosda, ya’ni majoritar-proporsional saylov tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda 75 nafar deputat ko‘pchilik ovoz bilan bevosita saylanadi va saylovchilar ayni jarayonda aniq nomzodlar uchun ovoz beradi. Deputatlarning yana 75 nafari esa proporsional tizim bo‘yicha, demakki siyosiy partiyalar uchun ovoz berish orqali saylanadi. Shu tariqa mavjud beshta siyosiy partiya parlamentga saylanishi uchun kamida 7 foiz ovoz olishi kerak bo‘ladi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.