23/10/2024

      2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 4 588,3 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 208,6 ming nafarga yoki 35,8 % ga oshgan.

      Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

      Qirgʻiz Respublikasi – 2 159,5 ming nafar;

      Tojikiston – 895,1 ming nafar;

      Qozogʻiston – 719,9 ming nafar;

      Rossiya – 222,9 ming nafar;

      Turkiya – 180,9 ming nafar;

      Saudiya Arabistoni – 121,9 ming nafar;

      BAA – 90,3 ming nafar;

      Misr – 32,1 ming nafar;

      Quvayt – 20,0 ming nafar;

      Janubiy Koreya – 17,5 ming nafar;

      boshqa davlatlar – 128,2 ming nafar.