Joriy yilning 22- oktabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun Ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika bo‘lim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.