21/10/2024

      Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 901 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

      Shundan 4 244 tasi qo‘shma va 10 657 tasi xorijiy korxonalardir.

      Ularning sohalar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

      savdo sohasida – 5 295 ta;

      sanoat sohasida – 3 234 ta;

      qurilish sohasida – 1 079 ta;

      axborot va aloqa sohasida – 1 036 ta;

      yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 596 ta;

      tashish va saqlash sohasida – 501 ta;

      qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 412 ta;

      sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 193 ta;

      boshqa sohalarda – 2 555 ta.