18/10/2024

      2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 30,7 trln so‘mni tashkil etgan.

      Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7 % ga o‘sgan.

      Tashish va saqlash sohasining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,4 % ni tashkil etgan.

      Tashish va saqlash sohasining YAIMdagi ulushi 5,6 % ga yetgan.

      Tashish va saqlash sohasining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (6,4 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6,1 %) kuzatilgan.