Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi” bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari, Saylov okruglarini tuzish, Saylovoldi tashviqotini olib borish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi, Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.