Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini sog‘lomlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda daromad olishga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab bir qancha o‘zgarishlar tadbiq etildi.
Issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Bunda mazkur xatboshidagi qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq qilinadi deb belgilangan. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.