Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 14-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi shakllantirilishi va uning faoliyati tashkil etilishi belgilangan.
Respublika komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlar jarayonining muvofiqlashtirilishi va monitoringini amalga oshiradi;
aholini ro‘yxatga olish natijalarining tahlilini o‘tkazadi;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish, aholini ro‘yxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish va uning yakuniy natijalarini e’lon qilish masalalariga doir takliflarni ko‘rib chiqadi;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ularning ishiga haq to‘lash masalalarini hal qilgan holda jalb etishni tashkil etadi;
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
G‘allaorol tuman statistika bo‘limi