14/10/2024

      2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.

      Ushbu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga oshgan.

      Oʻzbekiston 8 oyda eng koʻp shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

      Rossiya – 22,6 ming tonna;

      Polsha – 2,3 ming tonna;

      Niderlandiya – 1,3 ming tonna;

      Qozogʻiston – 1,2 ming tonna;

      Turkiya – 655 tonna;

      Germaniya – 320 tonna;

      Fransiya – 154 tonna;

      Italiya – 135 tonna.