So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-mart holatiga, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 44 077 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 155,9 ming nafar Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra,Respublikamizda  tovar yoki xizmatlar haqida ma'lumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 12 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 437,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 245,2 trln. soʻmni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 4,1 % ga oʻsdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 262,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6 % ga o‘sdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

Joriy yilning 1-mart holatiga Respublikamizda 618 944 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln. kishini tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.

Jizzax viloyatida 2023/2024-‘quv yilining boshiga 3 ta akademik litsey, 15 ta kasb-hunar maktablari, 7 ta kasb-hunar kollejlari, hamda 14 ta texnikumlar faoliyat ko‘rsatgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida togʻ-kon sanoatida 36,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.