13
11

 Rasmiy nomi

Jizzax viloyat statistika boshqarmasi;

Ingliz tilida:

Jizzakh regional department of statistics;

Rus tilida:

Управление статистики Джизакской области.

Huquqiy asos

  • O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli Qonuni
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-sonli qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF- 269- son Farmoniga muvofiq Statistika agentligi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o'tkazilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4796- sonli qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 6- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 690- son qarori
Asosiy vazifalari

  • rasmiy statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
  • xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy va demografik hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
  • davlat organlarini, yuridik shaxslarni va aholini hudud bo‘yicha statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini yuritishda ishtirok etish;
  • sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning hududning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishni ta’minlash;
  • ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatlarini oshirish;
  • ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ustivor yo‘nalishlar

  • rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
  • foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
  • xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash;
  • statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash;
  • milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish;
Huquqlari

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda – ularning vakolatxonalari va filiallaridan) statistika hisobotini belgilangan tartibda olish hamda undan statistika maqsadlarida foydalanish;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ularni ishlab chiqishning istalgan bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni so‘rash va olish;
  • yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan, shuningdek, yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning registrlari va axborot bazalarini shakllantiruvchi va yurituvchi davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlaridan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va faollashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining statistika kuzatuvlarini Statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan shakllar va metodologiya bo‘yicha olib borish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
  • statistika kuzatuvlarining metodologiyasi va tashkil etilishi, shuningdek rasmiy statistika axborotlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
  • rasmiy statistika ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish va talqin qilish holatlarini ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha tushuntirishlar berish;
  • olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi, ishonchliligi va xolisonaligini tahlildan o‘tkazish;
  • statistika ma’lumotlarida buzilishlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish va Statistika agentligi bilan kelishilgan holda hudud bo‘yicha yig‘ma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
  • statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralari ko‘rish; davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalardan tushumlar hisobiga Statistika agentligining maxsus jamg‘armasini shakllantirishda ishtirok etish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
  • Statistika agentligi topshirig‘iga ko‘ra statistika kuzatuvlarini olib borish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish; o‘z vakolati doirasida kengash va ekspert organlari (kengashlar, komissiyalar, guruhlar) tuzish;
  • Statistika agentligi bilan kelishilgan holda statistika masalalari bo‘yicha xalqaro seminarlar va kengashlar ishida qatnashish;
  • shartnoma asosida statistik, tahliliy, axborot xizmatlari va Statistika dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatish;
  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish, mukofotlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;
  • Statistika agentligi topshirig‘iga ko‘ra alohida vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil qilish.
  • Boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.