O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jizmoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yil 1 fevraldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z murojaatlarlarini Internet tarmog‘ida pm.gov.uz manzilidagi veb-sayti orqali davlat organlari rahbarlariga yuborish imkoniyatini beradi. 

Siz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimining 2-bo‘limidagi Davlat agentliklari ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligini tanlab, o‘z murоjaatingizni yuborishingiz mumkin.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish