So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-fevral oylarida umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 5,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 352,5 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 49,7 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasida non va non mahsulotlari hajmi 12,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 237,3 ming tonna go‘sht (2022– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 2,3 % ga ko‘p) yetishtirildi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2024 - yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 15,1 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 0,5 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 146,9 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 27,8 % ga oshgan.

Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 3,6 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi – 22,2 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha  67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

"Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish" bo‘yicha tushunchalar berildi, shunungdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida eStat 4.0 dasturidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

2024– yilning 1–yanvar holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 29 717 taga yetdi. 

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2023-yilda 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 182,3 tonna pomidor sharbati ishlab chiqarilgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 041,8 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,0 % ga yuqori.

2024-yilning fevral oyida FHDYO organlarida Respublikamiz boʻyicha 65 529 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.