So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 487 tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, savdo tarmogʻining yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga toʻgʻri keldi va 63,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida FHDYO organlari tomonidan Jizzax viloyati boʻyicha 3 157 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2022/2023-oʻquv yili boshiga Jizzax viloyatidagi oliy taʻlim tashkilotlarida kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 127 nafarni tashkil etgan.

2023– yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 472,9 ming t. sabzavotlar (2022– yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4,1 % ga ko‘p) yetishtirildi. 

2023-yil yanvar-dekabr yakunlari boʻyicha, sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 8 441,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-yanvar holatiga savdo sohasida 158 065 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 27 577,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 106 363,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 413,2 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,6 % ini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,3 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 673,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 7,2 % ga o‘sdi.

2024-yil yanvar oyida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha bozor xizmatlari hajmi 1,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar bosh soni 5 046,3 mingtaga yetgan.

2024- yil 1- fevral holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 19 593 tani tashkil etdi (ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 16 340 ta).

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda respublikada tirik tugʻilganlar soni 961 962 nafarni tashkil etib, ularni ota-onasining yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi  kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 13,5 trln. soʻmni tashkil etdi.