So'nggi yangiliklar

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha ro'yxatdan o'tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko'ra 2307 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 510 taga yoki 128,4 foizga oshganligini ko'rish mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyunida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 782,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilga nisbatan 15,8 % punktga kamaydi va 5,0 % ni tashkil etdi.

2022– yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 29 413 taga yetdi.

Viloyat bo‘yicha 2022-yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo aylanmasi 5826,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 14,2 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 267,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 111,4 % ni tashkil etdi.

Kuzatuv natijalariga koʻra bolalar uchun boʻtqalar narxlari joriy yilning avgust oyida oʻtgan yilning dekabriga nisbatan 5,5 % ga oshgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 374-sonli qarorgi mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Joriy davrda 617,8 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 61,0 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,8 % ni tashkil etdi.

2021-yil oxiriga maktabgacha taʼlim tashkilotlari jami soni 282 tani tashkil etgan bo‘lib, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 265 tani tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-iyun oylarida metallurgiya sanoati ulushi 1,9 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 91,7 % ga tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-iyun oylar yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 1,0 % gacha kuzatildi, fizik hajm indeksi esa, 74,8 % o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 49,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 5,6 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2021- yil oxiriga maktabgacha taʼlim tashkilotlarni bolalarning jami soni 59,7 ming nafar ulardan 29,1 ming nafari (48,7 %) qizlar va 30,6 ming nafari o‘gil bolalar (51,3 % ) dan iborat bo‘lgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12 315,9 ming m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 % ni tashkil etdi.