18/01/2023

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 21,5 % ga o‘sdi va 1 439,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,6 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 8 452,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 10,9 % ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 85,4 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati