03/02/2022

2021- yil yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi.

Mazkur tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 67,2 %
(2020- yilda – 68,3 %, 2019- yilda – 68,2 %)ni tashkil etdi.
Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 26,5 % (2020- yilda – 25,3 %, 2019- yilda – 25,3 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,3 % (2020- yilda – 6,4 %, 2019- yilda – 6,5 %)ni tashkil qildi.

Axborot xizmati