2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatining doimiy aholisi soni 1443,4 ming kishini tashkil etdi. Aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,9 ming kishiga yoki 102,3 foizga ko‘paydi.

Hududlar kesimida aholi soni:
Jizzax shahri – 185,2 ming kishi 
Arnasoy tumani – 47,3 ming kishi
Baxmal tumani – 163,2 ming kishi
G‘allaorol tumani – 179,1 ming kishi
Sharof Rashidov tumani – 232,3 ming kishi
Do‘stlik tumani – 67,7 ming kishi
Zomin tumani – 171,3 ming kishi 
Zarbdor tumani – 90,4 ming kishi
Mirzacho‘l tumani – 53,5 ming kishi
Zafarobod tumani – 51,6 kishi
Paxtakor tumani – 77,5 ming kishi
Forish tumani – 95,3 ming kishi
Yangiobod tumani – 29,0 ming kishi
Hududlarning viloyat jami aholisi sonidagi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich 
Sh. Rashidov tumanida 232,3 ming kishi kuzatilgan. Keyingi o‘rinlarda Jizzax shaxrida (185,2), G‘allaorol tumanida (179,1), Zomin tumanida (171,3) ming kishi qayd etilgan.
Axborot xizmati



