Davlat bayrog‘i – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqyosida O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991- yil 18- noyabrdagi 407-XII- sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda: O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
"O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan kunga 30 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida #bayrog‘im_g‘ururim, #bayroq_30, #bayroq_kuni shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Ana shunday lahzalarda bayrog‘imizga, Ona vatanimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va daxldorlik hissi qalbimizda jo‘sh urish bilan birga, xalqimiz hayotida sodir bo‘lgan eng muhim hodisalar mohiyatini bilib olishda kalit hisoblanadi.
Axborot xizmati