18/06/2021

Ma’lumki, BMTning 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unga asosan, BMTga a’zo davlatlar har o‘n yilda kamida bir marta aholini ro’yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo’yilgan.

Ayni paytda, MDH davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan. 2019 yilning oktyabr oyida Ozarbayjon va Belarus davlatlarida aholini ro’yxatga olish tadbiri o‘tkazldi. Joriy yilda Armaniston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarida mazkur tadbirni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida hali biror marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Ushbu tadbir so‘nggi bor sobiq ittifoq davrida 1989 yilda o‘tkazilib, o‘sha paytda yurtimiz aholisi
19,7 million kishini tashkil etgan.

Shu munosabat bilan, mamlakatimizda ana shunday muhim tadbirni 2023 yilda ilk bor o‘tkazishga qaror qilindi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining “Aholini royxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasiing  2020 yil 11 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
710-son qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Zomin tuman statistika bo'limi