Ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, ro‘yxatga olish hujjatlarini yig‘ish hamda ularga ishlov berish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi;
o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shart.