18/09/2026

      Viloyat statistika boshqarmasida xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda muntazam kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Har oyda 1 kitob o‘qiymiz” tashabbusi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus doirasida boshqarma xodimlari bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Tadbir davomida kitob insonning ma’naviy kamoloti, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishda muhim vosita ekanligi, muntazam mutolaa qilish esa xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.Shuningdek, xodimlar tomonidan har oyda o‘qish uchun tavsiya etiladigan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.Tashabbus doirasida har oy uchun bitta kitob tanlash, uni belgilangan muddatda mutolaa qilish hamda oy yakunida o‘qilgan asar yuzasidan fikr almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.Kitobxonlik jarayonida xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, o‘qilgan asarlar yuzasidan qiziqarli munozara va suhbatlar tashkil etish, eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirib borish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech