Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 21 490 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 758 tasi qo‘shma korxona, 16 732 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.
Oxirgi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning jamidagi ulushi 56,2 foizdan 77,9 foizgacha ko‘paygan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi TOP-10 davlat:
Xitoy — 6 436 ta;
Rossiya — 3 589 ta;
Turkiya — 2 365 ta;
Qozog‘iston — 1 345 ta;
Janubiy Koreya — 739 ta;
Afg‘oniston — 725 ta;
Ozarbayjon — 503 ta;
Tojikiston — 483 ta;
BAA — 464 ta;
Hindiston — 446 ta.




