11/09/2026

      Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 795,4 trln soʻmni tashkil etgan.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga toʻgʻri kelgan — 690,7 trln soʻm yoki 86,8 %.

Seksiyalar boʻyicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi:

— ishlab chiqarish sanoati — 690,7 trln soʻm (86,8 %);

— togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 50,2 trln soʻm (6,3 %);

— elektr, gaz, bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash — 50,4 trln soʻm (6,4 %);

— suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish — 4,1 trln soʻm (0,5 %).

Tugmani bosing Tinglash GSpeech