Boshqarma xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisidagi 14.08.2026 yildagi O‘RQ-1166-son qonun to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.Qonun maqsadi Prezident Administratsiyasi faoliyatini huquqiy tartibga solish etib beelgilangan. Administratsiya — davlat rahbari sifatida Prezidentning davlat hokimiyati organlari kelishilgan holda faoliyat yuritishini taʼminlashga koʻmaklashuvchi, uning vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan taʼminlaydigan hamda ijro monitoringini olib boruvchi mustaqil davlat organidir debbelgilangan.Davlat rahbari faoliyatini va amalga oshirilayotgan islohotlarni tashkiliy, huquqiy hamda tahliliy jihatdan taʼminlash. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy holatini tahlil qilish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish. Huquqni muhofaza qiluvchi va kuch ishlatishga vakolatli organlar, shuningdek Prezidentga bevosita boʻysunuvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Yagona davlat kadrlar siyosati va davlat xizmati ishlarini boshqarish. Shuningdek yig‘ilishda ushbu qonunning boshqa muhim jixatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
26/08/2026



