Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning uzunligi 4,7 ming kilometrni tashkil etgan. 2000-yilda bu koʻrsatkich 3,5 ming kilometrni tashkil etgan. Avvalroq, Oʻzbekistondagi avtomobil yoʻllari uzunligi Yer sharini ekvator boʻylab bir marta toʻliq aylanib chiqishga yetishi haqida maʼlumot eʼlon qilingan edi 
20/08/2026



