Jizzax viloyati statistika boshqarmasida sohada korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma apparati sohaviy bo‘lim boshliqlari, shahar va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va yuridik xizmat mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi
PF-270-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 24-iyuldagi 3906-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi.
Ma’ruzachilar ta’kidlaganidek, ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish faoliyatini belgilangan mezonlar asosida baholash va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Sertifikatlashtirish jarayoni xodimlarning antikorrupsion bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholash orqali sohada ochiqlik, shaffoflik hamda qonuniylik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida boshqarma va uning hududiy bo‘limlarida xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, manfaatlar toqnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.



