05/08/2026

      Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2026-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 359,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 72 ming tonna mol goʻshti import qilingan.

Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 ming tonnaga yoki  foizga 9,1 foizga oshgan.

Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp mol goʻshti yetkazib bergan davlatlar:

Hindiston – 33,9 ming tonna

Belarus – 19,6 ming tonna

Qozogʻiston – 10,6 ming tonna

Pokiston – 4 ming tonna

Boshqa davlatlar – 4 ming tonna

Tugmani bosing Tinglash GSpeech