Boshqarma xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Jizzax viloyat statistika boshqarmasida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosi quydagi qismlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. rasmiy https://jizzaxstat.uz/uz/ veb-saytining faoliyatini ta'minlash va takomillashtirib borish hamda ulardagi ma'lumotlarni muntazam yangilab va to‘ldirib borilishiga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan: Boshqarma faoliyatini ochiqligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish yuzasidan viloyat statistika boshqarmasi rasmiy veb-saytiga sohaga oid davlat xizmatlari ko‘rsatishni, ma'muriy tartib-taomillarini qo‘llashga oid masalalar yuzasidan qabul qilinadigan barcha qaror va hujjatlar joylashtirilib yangilab borilmoqda. Davlat statistika organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat interaktiv xizmatlarining uzluksiz faoliyatini ta'minlash bo‘yicha hozirda boshqarmaning rasmiy https://jizzaxstat.uz/uz/ saytida interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni uzluksiz faoliyati ta'minlanmoqda. Saytga doimiy ma'lumotlar joylashtirib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek yig‘ilishda chora-tadbirlar rejasining boshqa muhim jixatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
17/07/2026



