07/07/2026

      Jizzax viloyati statistika boshqarmasida Mahalliy hokimlik vakillari (Hokimlar va ularning o‘rinbosarlari), iqtisodiy bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul hodimlari hamda Milliy statistika qo‘mitasi mas’ul xodimi Mehmonov Jahongir va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sho‘ba mudiri Raximov Feruz ishtirokida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi. seminar davomida “Yalpi hududiy mahsulot (YHM)”ni tahlil qilish, hududlarning iqtisodiy rivojlanishini baholash hamda statistik ko‘rsatkichlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda viloyatdagi barcha tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, jarayonda yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollar va amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.Seminar yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech