26/06/2026

      Giyohvandlik — XXI asrning eng xavfli va halokatli muammolaridan biri bo‘lib, u millionlab insonlarning hayotini barbod qilishi mumkin. Giyohvandlik inson sog‘lig‘ini juda tez yemiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, giyohvand moddalarni muntazam iste’mol qilgan shaxsning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 15–20 yilga qisqaradi. Giyohvandlarning 70 foizida yurak va asab tizimi kasalliklari, 60 foizida esa jigar faoliyati jiddiy zararlanadi. OIV va gepatit kabi xavfli kasalliklarning tarqalishida ham giyohvandlik asosiy omillardan biridir. Xulosa qilib aytganda, giyohvandlik — bu sekin, ammo aniq o‘limdir. Bu illat bilan kurashmasak, kelajak avlod sog‘lom bo‘la olmaydi. Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri tarbiya va ongli tanlov — giyohvandlikka qarshi eng kuchli quroldir. Umr zavoliga emas, hayotga tanlov qilaylik

Tugmani bosing Tinglash GSpeech