12/06/2026

     Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil 21-maydagi 46-son buyrug‘i va Milliy statistika qo‘mitasi tizimida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Shuningdek “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 03.06.2015 yildagi O‘RQ-387-son qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

     Yig‘ilish davomida quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: Ushbu buyruqqa asosan Milliy statistika qo‘mitasi tizimida 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Ushbu hujjat mazmun-mohiyati va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

     Korrupsiyaviy xavfi yuqori funksiya va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish chora tadbirlar rejasida belgilangan unga ko‘ra tashkilotda korrupsiyaviy xavflarni boshqarish tizimini samarali joriy etish maqsadida funksiya, qaror qabul qilish vakolati, resurslarga kirish darajasi hamda tashqi manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro aloqalar mezonlari asosida korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan funksiya va lavozimlar aniqlanadi. Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech