Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida qurilish sohasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga 16,8 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar hajmining 10,8 foizini tashkil etgan.
Shundan xorijiy investitsiya va kreditlar 12,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-mart):
2022-yil – 3,9 trln so‘m;
2023-yil – 4,5 trln so‘m;
2024-yil – 9,6 trln so‘m;
2025-yil – 7,9 trln so‘m;
2026-yil – 16,8 trln so‘m.



