Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
Moliyaviy xizmatlar — 123,8 %;
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 122,6 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,3 %;
Ijara xizmatlari — 117,1 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,0 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 115,1 %;
Transport xizmatlari — 115,0 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,0 %;
Savdo xizmatlari — 113,9 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 112,8 %;
Shaxsiy xizmatlar — 110,9 %;
Me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 110,5 %;
Boshqa xizmatlar — 115,3 %.



