Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 29.04.2026 yildagi PF-70-sonli farmon mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida farmonning asosiy masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi: jumladan, Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida qaror qabul qilingan.
Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishni kengaytirish orqali 2026-yilda 4,3 milliard kVt soat elektr energiyasini hamda 2,8 milliard metr kub tabiiy gazni tejash belgilangan. Farmonda quydagilar belgilangan: 2026-yil 1-iyuldan boshlab vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega boʻlish talabi kiritiladi. elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yoʻl qoʻyilmaydi. Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



