08/05/2026

     Jizzax viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 30.12.2025 yildagi PF-270-son farmoni to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

     Shuningdek “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida farmoni 20.04.2026 yildagi PF-66-son farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Yig‘ilish davomida quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishning 2030-yilgacha boʻlgan ustuvor yoʻnalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Unga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashishning professional va samarali tizimini tashkil etish.

     Korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan koʻra korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish. raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sunʼiy intellektni joriy qilishni hamda ulardan samarali foydalanishni kengaytirish. Yoshlarning sifatli taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy mehnat bozorida munosib oʻrin topishiga koʻmaklashish hamda ularning ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, tashabbuskorlik va masʼuliyat tuygʻularini mustahkamlash strategik ahamiyat kasb etadi. Kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech