15/05/2026

     Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 5 862 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.

     Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.

     Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar:

     Rossiya – 1 241 nafar;

     Koreya R. – 1 131 nafar;

     Qirg‘iz R. – 1 059 nafar;

     Xitoy – 424 nafar;

     Turkiya – 423 nafar;

     Tojikiston – 381 nafar;

     Buyuk Britaniya – 292 nafar;

     Boshqa davlatlar – 911 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech