27/04/2026

     Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning 1 aprel holatiga Oʻzbekistonda 422 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

     Ulardan 335,1 mingtasi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) boʻlib, bu umumiy korxonalar sonining 79,4 foizini tashkil etdi.

     Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha korxonalar soni quyidagicha:

     Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar – 335 077 ta (79,4 %);

     Xususiy korxonalar – 46 442 ta (11 %);

     Oilaviy korxonalar – 36 378 ta (8,6 %);

     Aksiyadorlik jamiyati – 640 ta (0,2 %);

     Boshqalar – 3 432 ta (0,8 %).

Tugmani bosing Tinglash GSpeech